- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 15-avgust
Bag‘dodda «Yangi jahon tartibining tongi» kitobi taqdim etildi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
«Yangi jahon tartibining tongi» kitobining arabcha nashri Islom inqilobi Rahbari tafakkurida «Yangi jahon tartibi» mavzusidagi anjumanda Iroqning bir qator yuqori martabali shaxslari va Eron Islom Respublikasining Bag‘doddagi elchisi ishtirokida taqdim etildi. Ushbu anjumanda Iroq va Eronning bir qator siyosiy va madaniy arboblari mazkur mavzuning turli jihatlari hamda Islom inqilobi Rahbarining tafakkuri haqida nutq so‘zladilar.
Islom inqilobi Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy tafakkurida «Yangi jahon tartibi» anjumani bugun, shanba kuni tushdan keyin Bag‘doddagi al-Intisor zalida bir qator madaniyat, ilm-fan va siyosat arboblari hamda Eron Islom Respublikasining Iroqdagi elchisi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Iroq Oliy islomiy kengashi raisi shayx Humom Hamudiy, Iroq parlamentining bir qator deputatlari, universitet ustozlari, iroqlik mutafakkir va yozuvchilar hamda fikr va kitob muxlislaridan bir guruhi ishtirok etdi. Shuningdek, Iroqning sobiq Bosh vaziri doktor Odil Abdulmahdiy, Iroq parlamenti deputati doktor Nur Odil xonim, Eron Islom Respublikasining Bag‘doddagi elchisi Muhammad Kozim Oli Sodiq va Islom inqilobi Rahbari asarlarini saqlash va nashr etish idorasining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari doktor Muhammad Axgariy so‘zga chiqdilar.
Anjuman yakunida «Yangi jahon tartibining tongi» kitobining arabcha nashri Iroqda ilk bor taqdim etildi.
Iroqning Qarshilik jabhasi mamlakatlaridan biri sifatidagi alohida o‘rni, shuningdek, bu mamlakat xalqining mujohid shahid Imom Sayyid Ali Xomanaiyni dafn etish marosimidagi keng va tarixiy ishtiroki ularning qarshilik oqimi bilan hamrohligi hamda istikbor va bosqinchilarga qarshi sobitqadamligining namoyon bo‘lishlaridandir va bu hol mazkur asarning Iroqda taqdim etilishi ahamiyatini yanada oshiradi.
«Yangi jahon tartibining tongi» kitobi uch bobda Islom inqilobining muazzam Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiyning hayoti va qarashlarini o‘rganadi hamda u zotning hayoti va tafakkurini xalqaro kitobxonlarga tanishtirish maqsadida yozilgan.
Shuningdek, sentyabr oyida o‘tkaziladigan 27-Bag‘dod xalqaro kitob ko‘rgazmasi davomida «Yangi jahon tartibining tongi» kitobi «Enghelab-e Eslami» nashriyotining bir qancha yangi nashrlari bilan birga ushbu nashriyot rastasida muxlislarga taqdim etiladi.

