- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 16-avgust
«Eronning shahid Og‘asi» qirqini xotirlash marosimlari Tehron, Qum va Mashhadda
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
Islom inqilobi Rahbari devoni Eronning shahid Og‘asi jasadini so‘nggi yo‘lga kuzatish va dafn etishning qirqinchi kuni munosabati bilan bayonot e’lon qilib, shahid Rahbar Hazrat Oyatulloh al-Uzmo Sayyid Ali Husayniy Xomanaiyni xotirlash marosimlari Tehron, Qum va Mashhadda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Islom inqilobi Rahbari devoni bayonotining to‘liq matni:
بسمهتعالی
U taoloning nomi bilan.
Eronning shahid Og‘asi pokiza jasadini tarixiy kuzatish va dafn etishning qirqinchi kunlariga to‘g‘ri kelib, o‘sha ulug‘ martabali Rahbar va uning oilasini xotirlash marosimlari Islom inqilobining muazzam Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy nomidan Tehron, Qum va Mashhadda o‘tkaziladi.
Shahid Rahbar Hazrat Oyatulloh al-Uzmo Sayyid Ali Husayniy Xomanaiyni xotirlash marosimlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Tehron: 27-mordod, seshanba, soat 17:00–19:00, Imom Xumayniy (rahmatullohi alayh) Musallosining shabistonida.
Qum: 28-mordod, chorshanba, shom va xufton namozlaridan so‘ng, Hazrat Fotima Ma’suma (salomullohi alayho) haramida.
Muqaddas Mashhad: 29-mordod, payshanba, Imom Hasan Askariy (alayhissalom) shahodati kechasiga to‘g‘ri kelib, shom va xufton namozlaridan so‘ng, muqaddas Razaviy haramida.
Qadrshunos Eron xalqi shahid Rahbarni xotirlash marosimlarida ishtirok etishga taklif qilinadi.
Barcha eronliklar va inqilobning ikki imomi muxlislarining shahid Rahbar qirqini xotirlash marosimidagi qizg‘in va keng ishtiroki Islom inqilobining muazzam rahbariyatiga yangidan bay’at va Eronning shahid Og‘asi yo‘lini davom ettirishning yana bir bor ta’kidi bo‘ladi.
Islom inqilobi Rahbari devoni