- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 25-avgust
Iroq xalqi shahid Xomanaiyni dafn etishda tarixiy doston yaratdi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
Islom inqilobining shahid Rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiyni so‘nggi yo‘lga kuzatish va dafn etishning qirqinchi kunini xotirlash marosimi Bag‘doddagi al-Hashd ash-Sha’biy tashkiloti Bosh media boshqarmasi binosida Iroq jamiyatining turli qatlamlari va ayrim eronlik mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Eron Islom Respublikasining rasmiy delegatsiyasi, al-Hashd ash-Sha’biy qo‘mondonlaridan bir guruhi, rasmiy va diniy shaxslar, qabila shayxlari va oqsoqollari hamda Husayniy mavkiblar egalari ishtirok etdi.
Rahbarlik Ekspertlar Majlisi Rayosat hay’ati a’zosi va Islom inqilobi Rahbari devonining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Hujjatul Islom val-muslimin Muhsin Qumiy Bag‘dodda shahid Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiyni so‘nggi yo‘lga kuzatish va dafn etishning qirqinchi kunini xotirlash marosimida shunday dedi:
Najafi Ashrafdagi diniy marja’iyatga, ayniqsa Oyatulloh Sayyid Ali Sistoniyga va Iroq xalqiga samimiy minnatdorchilik va tashakkur bildiramiz.
Iroq xalqi dafn marosimidagi ulug‘vor ishtiroki bilan islomiy va xalqiy birdamlikda tarixiy doston bitdi.
Eron Islom Respublikasi muazzam Rahbarining Iroq millatiga bo‘lgan muhabbati va mehri inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi rishta chuqur tamaddun ildizlari va e’tiqodiy bog‘liqliklar tufayli Eronning boshqa har qanday davlat bilan munosabatlaridan farq qiladi.
