Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

Ulug‘ martabali shahid Rahbarimizni (Alloh uning sharafli maqomini oliy qilsin) xotirlash marosimi Islom inqilobi Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiy nomidan bugun kechadan boshlab uch kecha davomida jamoat bilan o‘qiladigan shom va xufton namozlaridan so‘ng muqaddas Razaviy haramining Payg‘ambari A’zam (Allohning salavotlari u zotga va oilasiga bo‘lsin) hovlisida o‘tkaziladi.

Shuningdek, ummat shahidi Hazrat Oyatulloh al-Uzmo Imom Sayyid Ali Xomanaiyning (Alloh uning pok ruhini muqaddas qilsin) xatm majlisi Islom inqilobi Rahbari nomidan bugun, 19-tir, juma kuni shom va xufton namozlaridan so‘ng darhol Hazrat Fotima Ma’suma (salomullohi alayho) muqaddas haramidagi Imom Xumayniy (rahmatullohi alayh) shabistonida o‘tkaziladi, unda Hujjatul Islom val-muslimin Sayyid Ali Xumayniy (Alloh uning muvaffaqiyatlarini bardavom qilsin) ma’ruza qiladi.

Shu uch kecha davomida mamlakat bo‘ylab maydonlar, masjidlar, imomzodalar va husayniyalarda ham Islom inqilobining shahid Rahbarini xotirlash uchun keng ko‘lamli marosimlar o‘tkaziladi.