Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

Islom inqilobi Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy nomidan o‘tkazilayotgan ushbu marosimda Hujjatul Islom val-muslimin Tabotaboiynajod so‘zlab, Qur’oni karim oyatlariga tayangan holda, Alloh yo‘lidagi mujohidlarning vazifasi Alloh dushmanlari qarshisida sobitqadam bo‘lish, Parvardigorning qudrati va madadiga ishonish, ilohiy chegaralarga rioya qilish, birlik va nizo hamda tafriqadan saqlanish, qiyinchiliklarga sabr qilish ekanini aytdi va dedi: Parvardigor qudratiga kuchli iymon qarshilik ruhini vujudga keltiradi, xuddi mo‘min Eron xalqi o‘z iymoniga tayanib, buyuk kuchlar qarshisida turib, ularni mag‘lub etgani kabi.

Shuningdek, ushbu marosimda Mahdiy Samovotiy janoblari Tavassul duosini o‘qidi, Muhammadrizo Bazriy janoblari esa musibat zikr qilib, navha o‘qidi.