- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 4-avgust
Islom inqilobi Rahbari devonining u kishiga oid murojaatlar, yangiliklar va materiallarni e’lon qilishning rasmiy manbai haqidagi bayonoti
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
Islom inqilobi Rahbari devonining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bayonot e’lon qilib, quyidagilarni ta’kidladi:
Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiyga oid murojaatlar, yangiliklar va materiallarni e’lon qilishning rasmiy manbai u kishining devoni hamda Inqilob Rahbari asarlarini saqlash va nashr etish idorasidir; bu doiradan tashqaridagi har qanday material asossiz va ishonchsizdir.
Islom inqilobi Rahbari devoni jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bayonotining matni quyidagicha:
بسمالله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Husayniy Arbainni ulug‘lagan va inqilobning shahid Rahbari buyuk ruhiga ehtirom bajo keltirgan holda, Eronning sharafli va uyg‘ongan xalqiga ma’lum qilamizki, so‘nggi kunlarda virtual makonda Islom inqilobining muazzam Rahbariga nisbat berilgan ayrim iqtiboslar tarqaldi, ular afsuski, jamoatchilik ongida tashvish uyg‘otib, jamiyatda bo‘linish va ixtilofga zamin yaratmoqda.
Shu asosda muazzam Rahbarga oid yangilik va materiallar haqida ayrim jihatlarni bayon qiladi:
1. Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiyga oid murojaatlar, yangiliklar va materiallarni e’lon qilishning rasmiy manbai Inqilob Rahbari devonining axborot sayti yoki Inqilob Rahbari asarlarini saqlash va nashr etish saytidir; bu doiradan tashqarida e’lon qilingan har qanday material asossiz va ishonchsizdir.
2. Islom inqilobining muazzam Rahbari o‘z murojaatlarida, jumladan, so‘nggi murojaatida muqaddas birlikni saqlash hamda fidoyi mas’ullar va islomiy tuzum xizmatchilari, ayniqsa, muhtaram hukumatning hurmatini saqlashni ta’kidlaganlar. Rahbarning qat’iy tavsiyalariga zid ravishda jamiyatda bo‘linish va ikkiga ajralishga sabab bo‘ladigan hamda muhtaram mas’ullarga nisbatan noto‘g‘ri ayblovlarga zamin yaratadigan materiallar badxohlar va Eron xalqining qasamyod qilgan dushmanlari maqsadlariga xizmat qiladi. Shu asosda virtual makonda tarqatilgan, unda bir shaxs Islom inqilobi Rahbarining muhtaram Prezident maktubiga munosabati haqida da’vo qilgan material mutlaqo yolg‘on va haqiqatga ziddir.
Islom inqilobi Rahbari devoni jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, 13-Murdod 1405