- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 17-noyabr
Hazrat Oyatulloh al-Uzmo Husayn Vohid Xurosoniy vafoti munosabati bilan ta’ziya murojaati
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Diniy ilm hovzasining buyuk ustozi Hazrat Oyatulloh al-Uzmo Vohid Xurosoniyning vafoti haqidagi xabar yetib keldi. U zoti sharif hovzada fiqh va usul ta’limining asosiy ustunlaridan biri hisoblanar edilar. So‘nggi o‘n yilliklarda ularning har kungi ikki dars majlisi eng asosiy dars davralaridan sanalar edi. Bu darslarda ularning o‘z tadqiqiy jihatlaridan tashqari, Najafi Ashraf ilmiy hovzasining so‘nggi davrlardagi eng ko‘zga ko‘ringan olimlaridan ba’zilarining qarashlariga jiddiy, chuqur va qadrshunoslik bilan e’tibor qaratilgani hamda ularni puxta egallagani yaqqol aks etar edi. Bu jihat hamisha buyuk ustozning ravon, tartibli va mustahkam bayoni bilan uyg‘un bo‘lgani bois, har bir dars majlisini ilm va fazl toliblari uchun foydali va g‘animat soatga aylantirar edi. Bugun Qum ilmiy hovzasi, balki mamlakatning boshqa hovzalaridagi mudarrislar va fozillarning katta qismi hamda turli yurtlarning bir guruh ruhoniylari o‘sha ulug‘ zotning darsida qatnashish sharafini o‘z ilmiy faoliyatlari tarixiga qayd etadilar va barchalari ularning so‘zi va maslagida Ma’sumlar صلواتالله و سلامه علیهم اجمعین (Allohning salavoti va salomi barchalariga bo‘lsin)ning muqaddas zotlariga to‘liq sadoqat unsurining yorqin va xolis zuhurini tahsin bilan yodga oladilar. Shubhasiz, u janobning shariat va mazhab yo‘lidagi uzoq va tinimsiz mehnatlari sababli mo‘minlar jamiyati va ilmiy hovzalar zimmasida ulkan haqlari bor, buni hamma yodda tutishi va shukronasini ado etishi lozim. Men bu musibat munosabati bilan sarvarimiz (Imom Zamon) عجّلاللهتعالی فرجهالشّریف (Alloh taolo uning sharafli zuhurini tezlashtirsin)ga, ilmiy hovzalarga, barcha mo‘minlarga, xususan, ularning sharafli xonadoniga ta’ziya izhor etaman va Haq taolo جلّوعلا (U ulug‘ va oliydir) dargohidan o‘sha ulug‘ zot uchun darajalar yuksalishini so‘rayman.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
26-Obon, 1405-yil
