Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

Payg‘ambarlar xotami Hazrat Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va olihi va sallam) va Imom Ja’far Sodiq (Allohning salavot va salomi unga bo‘lsin)ning muborak tavallud kunlari munosabati bilan Sud hokimiyati boshlig‘i Islom inqilobining muazzam Rahbariga yo‘llagan maktubida umumiy va inqilobiy sudlar, Qurolli kuchlar sud tashkiloti hamda Davlat ta’zirot tashkiloti tomonidan hukm qilingan 2577 nafar mahkumni afv etish, ularning jazosini yengillashtirish va almashtirishni so‘ragan edi. Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy bu borada qaror qabul qilishni Sud hokimiyati boshlig‘ining ixtiyoriga topshirdi.

Hujjatul Islom val-muslimin Muhsiniy Ejeiy ham zarur tekshiruvlardan so‘ng ushbu mahkumlarni afv etish, ularning jazosini yengillashtirish va almashtirishni ijro etish haqida buyruq berdi.