Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Hujjatul Islom val-muslimin Husayn Toyib

Sardor general-mayor G‘ulomrizo Sulaymoniyning sionist-amerikalik dushman qo‘lida faxrli va sarbaland shahid bo‘lganini inobatga olib, sizning sadoqatingiz, munosibligingiz va qimmatli tajribangizni hisobga olib hamda Korpus Bosh qo‘mondonining taklifiga binoan, Janobingizni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Mustaz’aflar Basiji tashkiloti boshlig‘i lavozimiga tayinlayman.

Mamlakatning yangi talablari va sharoitini hisobga olgan holda, Korpus Bosh qo‘mondonining tadbirlarini inobatga olib, quyidagi talablarning amalga oshirilishi kutiladi:

1. Qo‘zg‘algan xalqning barcha a’zolari va millionlab jonfido qatlamlarning salohiyatidan foydalangan holda kuchli va birlashgan Eron va Islom inqilobini himoya qilish yo‘lida «Har bir eronlik – bir basijiy» shiorini ro‘yobga chiqarish maqsadida Basij va qarshilik madaniyatini chuqurlashtirish va kengaytirish

2. Dushman tahdidlariga xalqqa tayangan holda qarshi turish uchun xalq axborot tarmog‘ini mustahkamlash, basiratni oshirish bilan birga zarur ko‘nikma va ta’limni kuchaytirish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

3. Masjid markazida samarali ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish maqsadida boshqa davlat boshqaruvi, hukumat va jamoat muassasalari va tashkilotlari bilan konstruktiv va samarali hamkorlik hamda jihodiy guruhlar, qatlamlar va mahallalar Basijini kengaytirish

4. Sionist-Amerika istikboriga qarshi butun dunyoda xalq qarshiligi va sabotining namunasi sifatida basijiylik madaniyatini targ‘ib qilish

Umid qilamanki, sarvarimiz (Alloh taolo uning zuhurini tezlashtirsin)ning e’tibori va duolari sizning va barcha aziz basijiylarning muvaffaqiyatlari kundan-kunga ortishiga sabab bo‘ladi.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy