- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 7-oktabr
Islom inqilobi Rahbari nomidan hay’at Oyatulloh Nuriy Hamadoniyni kasalxonada ko‘rgani bordi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
Islom inqilobining muazzam Rahbari nomidan bir hay’at bugun tushdan keyin kasalxonada Hazrat Oyatulloh Nuriy Hamadoniyni ko‘rgani bordi.
Hujjatul Islom val-muslimin Rahimiyon, Muhammadiy Iroqiy, Muhammadiyon va Hoj Aliakbariy bugun tushdan keyin Tehrondagi kasalxonalardan biriga borib, ulug‘ taqlid marjalaridan biri Hazrat Oyatulloh Nuriy Hamadoniyga Islom inqilobining muazzam Rahbarining salomini yetkazdilar hamda u zotning davolanish jarayonining so‘nggi holati bilan tanishdilar.
Islom inqilobi Rahbarining vakillari, shuningdek, Hazrat Oyatulloh Nuriy Hamadoniyga tezroq shifo tilab, ilmiy havzalar yaqin orada bu muhtaram marjaning ilmiy fazilatlaridan yana bahramand bo‘lishiga umid bildirdilar.