- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 22-iyun
Islom inqilobining shahid yo‘lboshchisi shahid bo‘lgan joy yaqinidagi Zaynabiyada Muharram azadorlik marosimining ikkinchi kechasi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
Bu yil Islom inqilobining muazzam Rahbari Hazrat Oyatulloh Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy nomidan o‘tkazilayotgan ushbu marosimda Hujjatul Islom val-muslimin Sayyid Ahmad Tabotaboiy «Iymon jabhasining sinovlarga qanday yuzlanishi» mavzusida so‘zlab, haq jabhasidagi musibatlarni yuksalish uchun zamin deb bildi va dedi: Ilohiy umumiy rejada barcha insonlar shaxsiy va ijtimoiy hayotda dindorlik darajasi ayon bo‘lishi uchun turli sinov va imtihonlarga duchor bo‘ladilar va shu doirada Abo Abdulloh (alayhissalom) Ashurosi din va insoniyat cho‘qqisida namoyon bo‘ladi, chunki u zotning yoronlari turli sinovlarga sabr va basirat bilan yuzlandilar.
Shuningdek, Sayyid Majid Banifotima janoblari Hazrat Abo Abdulloh (alayhissalom) va Karbalo shahidlari musibatini zikr qilib, Islom inqilobining shahid yo‘lboshchisi hamda ikkinchi va uchinchi Muqaddas mudofaaning oliymaqom shahidlari yodiga navha o‘qidi.