- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 10-avgust
Qo‘riqchi sardor general-mayor uchuvchi Ali Abdullohiyning Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlanishi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Qo‘riqchi sardor general-mayor uchuvchi Ali Abdullohiy
General-leytenant shahid Sayyid Abdurrahim Musaviyning sionist-amerikalik dushman qo‘lida faxrli va sarbaland shahid bo‘lganini inobatga olib hamda sizning munosib xizmatlaringiz va qimmatli tajribangizni hisobga olib, Janobingizni Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlayman.
Quyidagi talablarning maksimal darajada amalga oshirilishi kutiladi:
1. Qurolli kuchlar va xalq Basijining har tomonlama va zamonaviy mudofaa-xavfsizlik qudrati va tayyorgarligini oshirish
2. Eron Islom Respublikasining muqaddas tuzumiga qarshi har qanday darajadagi va turdagi an’anaviy va yangi harbiy, kognitiv va gibrid tahdidlarga o‘z vaqtida, inqilobiy va samarali javob berish imkoniyatini ta’minlash
3. Shahid Imom (Allohning rizvoni unga bo‘lsin)ning tadbiriga asoslangan holda Qurolli kuchlar Bosh shtabi va «Xotamul-anbiyo (s.a.v.)» markaziy qarorgohini birlashtirish jarayonini yakunlash
Umid qilamanki, ilohiy inoyatlar bilan va sarvarimiz (Alloh taolo uning zuhurini tezlashtirsin)ning xayr-barakaga to‘la duolari soyasida Islomiy tuzumning barcha qurolli kuchlari uchun yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar va turli fath va g‘alabalar nasib etadi.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy