- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 10-avgust
Brigada generali Kiyumars Haydariyning Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlanishi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Brigada generali Kiyumars Haydariy
Sizning sadoqatingiz, munosibligingiz va qimmatli tajribangizni inobatga olib hamda Bosh shtab boshlig‘ining taklifiga binoan, sizni Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlayman. Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining fikrini inobatga olgan holda, mudofaa va xavfsizlik qudratini oshirishga ko‘maklashish, Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlarining ma’naviy salohiyati va jihodiy ruhini mustahkamlash hamda xodimlarning turmush ehtiyojlariga e’tibor qaratish kutiladi.
Umid qilamanki, sarvarimiz (Alloh taolo uning zuhurini tezlashtirsin)ning e’tibori va duolari sizning va qurolli kuchlarning barcha a’zolari muvaffaqiyatlari kundan-kunga ortishiga sabab bo‘ladi.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy