Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم‌الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Ulug' martabali va hayratlanarli ishlar yaratuvchi Eron millati!

Eronning shahid Rahbarini kuzatib qo'yishdagi misli ko'rilmagan qo'zg'alishda o'zingizning tengsiz va tarixiy dostoningiz bilan qadrshunoslik, vafodorlik, basirat va Islom ummati yo'lboshchisi va Inqilobning shahid Rahbariga favqulodda muhabbat izhor etishda bi'sat ruhi va islomiy-eroniy o'zlikning mustahkam irodasi namoyon bo'lishining yangi darajasini isbotlagan sizlarga salom, durud va tashakkur bo'lsin. Tehron, Qum, Mashhad va boshqa shahar va qishloqlarda o'n millionlab kishilik va o'nlab kilometrlik olomonning qizigan qalblari harorati, yoshli ko'zlari va mustahkam azmlari Eron millatining do'stlari va dunyoning ozod xalqlarini hayratga, Eron millatining mustakbir dushmanlarini esa hayrat, sarosima, g'azab va dahshatga soldi.

Ushbu doston bilan bir vaqtda Katta Shaytonning Eron va Amerika prezidentlari o'rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga nisbatan qayta-qayta ahdni buzishi yana bir bor barchaga shu haqiqatni isbotladiki, Amerika prezidentining imzosi qanchalik qadrsiz va e'tiborsiz, zo'ravonlik, hamma narsani egallashga intilish va vahshiylik esa Amerika mafkurasi va maslagining ajralmas qismlaridir. Bugun Katta Shayton yana bir bor o'zining haqiqiy va niqobsiz qiyofasini oshkor qildi, toki jinoyat va ahdshikanlikning bu qorong'u tajribasi Amerikaning yolg'onchiligi, mantiqsizligi, ishonchsizligi va iflosligiga yana bir mustahkam hujjat bo'lsin. Endi amerikalik dushman urush olovini yoqish, yanada og'irroq xarajatlarni ko'tarish va yanada ko'proq sharmandalikka intilayotgan ekan, shuni bilsinki, aziz Eron millati va Qarshilik jabhasi unga unutilmas saboqlar beradi; Islom jangchilarining jasorati va janub o'lkasining mard xalqining g'ayrati shu kunlarda uning namunalarini ko'rsatdi.

Sizlarga, Eronning vafodor va sarafroz xalqiga aytish lozimki, ushbu davrdagi eng asosiy masalalardan biri Islom inqilobining yuksak orzularini ro'yobga chiqarish hamda aziz Eronning izzati va mustaqilligini ta'minlash uchun, ayniqsa jinoyatkor va hiylagar amerikalik dushman qarshisida, xalq va mas'ullarning barcha darajalarida va barcha sohalarda so'z birligi va muqaddas ittihodda qat'iy turishdir. Avval ham ko'p marta va qat'iy eslatilganidek, birlikni asrash, tafriqa va nizo, siyosiy ixtiloflar va ijtimoiy farqlarni bo'rttirishdan saqlanish umumiy burchdir va albatta, mas'ullar hamda Inqilob, Imom va shahid Rahbarga jonkuyar va dil bog'lagan unsurlarning mamlakat hamjihatligi va yaxlitligidagi roli yanada muhim va nozikroqdir.

Shunga ko'ra, aziz millat uchala hokimiyat tarmog'idagi jonkuyar mas'ullarga – ularning millat farovonligi va saodati uchun sa'y-harakatlari ko'zga yaqqol tashlanib turibdi – ishonchni davom ettirgan holda, Islomiy Eron manfaatlari muhofazasini kafolatlash uchun hamon maydonda hushyor va faol bo'ladi. Ehtimol, ba'zilar to'liq ixlos bilan va xayrixohlik yuzasidan ayrim mas'ullar faoliyatiga nisbatan tanqidlarga ega bo'lishlari mumkin. Mening nazarimda, ularning tuzum uchun bu g'amxo'rligi va xavotiri, xuddi ularning o'zlari kabi, qimmatli boylik hisoblanadi va o'z-o'zidan maqbul ish sanaladi; shu bilan birga, ayrimlari basirat peshqadamlari qatoridan bo'lgan bu azizlar ehtiyot bo'lishlari kerakki, bu yondashuv, birinchidan, biror begunohga zulm ravo ko'rmasin – bu o'zi barakot va inoyatlardan mahrum bo'lishga sabab bo'ladi; ikkinchidan, ijtimoiy birlik va hamjihatlikka rahna solmasin; bu jihatlar saqlansa, tanqidlar ishlarning rivoji va gullab-yashnashiga sabab bo'ladi. Dushman bizdan hech qanday zaiflik alomatini, jumladan, shu zaiflikni ham sezmasligi kerak; agar biz bu ehtiyot choralariga to'liq rioya qilsak, u noiloj chekinishga yuz tutadi.

Yana bir bor ummatning shahid otasining o'zlari ham aza egalari bo'lgan va Eronning shahid Rahbarini kuzatib qo'yishdek buyuk voqeada qiyinchiliklar, ayrim cheklovlar va noxushliklarga qaramay tarixiy doston yaratgan har bir aziz xalq vakiliga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, muhtaram taqlid marjalari, ulamolar, mutafakkirlar va iste'dodli shaxslar, madaniy, ijtimoiy va siyosiy faollarga, fuqarolik va harbiy muassasalarning harakat va sa'y-g'ayratlariga, shuningdek, sarafroz Qarshilik jabhasi va iftixorli Islomiy harakatlar rasmiylari va vakillarining ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, ushbu tarixiy dostonda qaysidir tarzda ishtirok etgan, hamrohlik va hamdardlik qilgan barcha kishilar Sarvarimizning (Alloh taolo u zotning sharafli farajini tezlashtirsin) inoyati va xos duosiga musharraf bo'ladilar.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy, 26-Tir, 1405-yil