Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم‌الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Ordibehesht oyidagi parvoz shahidlari va ularning boshida shahid Prezident hujjatul-islom val-muslimin Raisiyni xotirlash Eron Islom Respublikasidagi xizmatkor shahidlarning ulkan safi shahodatini yodga soladi: Mutahhariy, Beheshtiy, Rajoiy va Bohunardan tortib Raisiy, Oli Hoshim, Amir Abdullohiyon va Larijoniygacha – buyuk Xumayniy va aziz Xomanaiy (Alloh ularning sharafli maqomlarini yuksaltirsin) maktabida tarbiya topgan yuzlab ko'zga ko'ringan shaxslar Islom Respublikasi mas'ullarining xolis va mujohidona xizmati daftarini o'zlarining qonli imzolari bilan bezadilar.

Shahid Raisiyning yorqin xususiyatlari qatorida mas'uliyatni bo'yniga olish, yoshlarga tayanish, adolatga e'tibor, faol va foydali diplomatiya va ayniqsa xalqchil bo'lishni sanab o'tish mumkin. Bu xususiyatlar Eron do'stlari, jumladan, qudratli Qarshilik jabhasi mujohidlari va tuzumning ko'plab jonkuyarlarining dalda topishiga sabab bo'lardi. Bularning barchasi, albatta, uning jon-dilida ildiz otgan ma'naviyat bilan qorishgan edi. Mas'ullar va xalq o'rtasidagi munosabatda ta'sirchan ijobiy xususiyatlar o'zaro qadrshunoslikka sabab bo'ladi. Shu tariqa uni o'z mavlosi va xizmat qilgan zoti Hazrat Abul-Hasan ar-Rizo (Allohning salavotlari va salomlari u zotga bo'lsin) qo'shnichiligigacha kuzatib qo'yish kamdan-kam uchraydigan shukuh bilan amalga oshdi. O'sha shahidning tugallanmagan prezidentlik davri mamlakat mustaqilligini saqlagan holda millat va mamlakat uchun sa'y-harakat va jonkuyarlikning o'lchovini yaratdi.

Endi biz Eron millatining ikki jahon terrorchi armiyasiga qarshi tarixiy jihatdan noyob qarshilikdagi qahramonliklari oldida turibmiz. Bu narsa Islom Respublikasi mas'ullarining – rahbariyat va hokimiyat tarmoqlari rahbarlaridan tortib barcha darajadagi boshqaruvchilargacha – vazifa yukini avvalgidan ham og'irroq qiladi. Bugun millat, hukumat va Islom Respublikasining barcha idoralari hamjihatligi ne'matiga shukr qilish mas'ullarning intilish va ikki baravar mujohidona xizmatini kuchaytirishda, xalqning, ayniqsa iqtisodiy va maishiy sohadagi muammolari va tashvishlarini hal qilishda, joylarda bevosita hozir bo'lishda hamda bunyod etilgan xalq uchun mamlakat taraqqiyoti va yorug' kelajak sari umidli harakat yo'lida jiddiy rol belgilashdadir.

Xizmat yo'li shahidlariga Allohning rahmati va rizvoni bo'lsin, Allohning nusrati va Sarvarimizning (Alloh taolo u zotning sharafli farajini tezlashtirsin) duosi Eronning musulmon xalqiga xizmat qiluvchilarga tayanch bo'lsin.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy, 30-Ordibehesht, 1405-yil