- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 5-iyul
Hujjatul Islom val-muslimin Ejeiyning Sud hokimiyati boshlig‘i etib tayinlanishi
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Janob Hujjatul Islom val-muslimin Muhsiniy Ejeiy (muvaffaqiyatlari davomli bo‘lsin)
Janobingizning qimmatli va sidqidil sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan holda, Konstitutsiyaning bir yuz ellik yettinchi moddasiga asoslanib, Janobingizni Sud hokimiyati boshlig‘i etib tayinlayman.
Shahid yo‘lboshchimiz (Alloh uning sharafli maqomini oliy qilsin) tomonidan ilgari surilgan talablar majmui hamda mening 1405-yil 7-tir kungi payg‘omimda qayd etilgan fikrlar o‘zgarish, gullab-yashnash va maqbul Sud hokimiyatiga erishish yo‘lini ochib beradi.
Umid qilamanki, Janobingiz, sharafli sudyalar va sud tizimidagi muhtaram hamkasblaringizning ikki baravar himmati hamda sarvarimiz (Alloh taolo uning zuhurini tezlashtirsin)ning duosi bilan ulug‘ Eron millati uning natijalaridan bahramand bo‘ladi.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
13/tir/1405