Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Ilm va madaniyat sohasining atoqli ustozi va tashqi siyosat sohasining tajribali shaxsi janob doktor Sayyid Kamol Xarraziyning shahodati haqidagi xabar universitet hamjamiyati, universitet professorlari va Islom Respublikasi tuzumining siyosiy mas’ullari uchun faxr hujjati, qarshi tomonda esa Amerika-sionist mustakbirlari hamda Eron ilmi, madaniyati va tamaddunining dushmanlari razolatining sharmandali hujjatidir.

U umrining ko‘p yillarini turli madaniy, tashviqot sohalarida va Tashqi ishlar vazirligi mas’uliyatida xizmat qilish bilan o‘tkazdi va kognitiv fanlarning yangi yo‘nalishlaridagi faoliyatidan tashqari, Tashqi aloqalar strategik kengashida ham faol ishtirok etdi.

Men o‘sha xizmatkor shaxs va uning muhtaram rafiqasining shahodati munosabati bilan butun xalqni, universitet hamjamiyatini, bu ustozning muxlislari va shogirdlarini hamda muhtaram Xarraziylar xonadonini, ayniqsa janob Oyatulloh Sayyid Muhsin Xarraziyni ta’ziya bilan birga tabriklayman va Alloh taolodan ular uchun darajalar yuksalishini so‘rayman.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
21/farvardin/1405