- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 16-oktabr
Hazrat Zaynab (Allohning salomi unga bo‘lsin) tavalludi va Hamshiralar kuni munosabati bilan murojaat
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
Har yili jumodul-avval oyining beshinchi kuni Alloh yaratganlarining eng afzallari hisoblanuvchi Besh pok zot (Allohning salavot va salomi unga va ularga bo‘lsin)ning muhabbati, tarbiyasi va hamrohligi soyasida voyaga yetgan xonimning muborak tavalludini yodga soladi. Zaynab Kubro (Allohning salomi unga bo‘lsin)ning ellik yildan ortiq vaqt davomida bu nurli maktabda tarbiyalanib, voyaga yetishi asrlarning bu porloq yulduzida sharaf va ustunlik unsurlarining shunday rang-barang jilosini namoyon etdiki, bu doimo Alloh valiylarining maqtovi, tahsini va iftixoriga sabab bo‘lgan. Bu porlashning cho‘qqisi Ashuro dostonida yuz berdi: bir tomondan Karbalo dashtining mazlumlariga cheksiz shafqat, xayrixohlik va sabrli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; ikkinchi tomondan esa matonat va shijoatning eng qadrli ramzlaridan biri bo‘lish.
Islomiy nehzat va inqilob tarixi boshidanoq Eron ayollari va qizlarining zaynabona ishtiroki sahnalariga to‘la. Bu hol uchinchi Muqaddas mudofaada yuz bergan millatning beqiyos uyg‘onishi (ba’sati) davrida hayratlanarli sifat va miqdorga ega bo‘ldi. Hozirda Islomiy Eronning zaynabona ayollari turli sohalarda, ayniqsa shahar va qishloqlar maydonlarida faol ishtiroklari bilan qattiq urush frontining ortida amaliy tushuntirish va qarshilikning peshqadamlaridir; shu darajadaki, doimo bu millatga azob, dard va qatag‘on tilaydigan zamona tog‘utlari bu katta lashkarga qarshi turishga o‘zlarida kuch topa olmaydilar.
Pok Itrat (Allohning salavot va salomi barchalariga bo‘lsin)ga oshufta bo‘lgan yurt xalqi Zaynab Kubroning tavallud kunini uning mehribonligi, dardmandlarga hamdardligi va ular uchun fidokorlik qilishi jihatini nazarda tutib, haqli ravishda hamshiralar maqomini ulug‘lash kuni deb bilgan. Chunki bu axloqiy sifatlar va insoniy qadriyatlarning ko‘pchiligi mehnatkash va qadrli hamshiralar qatlamida ko‘zga tashlanadi. Hamshiraning roli shifokorlar, o‘qituvchilar va murabbiylar, ruhoniylar va qutqaruvchilar kabi boshqa ayrim qatlamlarning roli singari jonlantiruvchi va umidbaxsh roldir. Shu bois hamshiraga ba’zan rahmat farishtasi sifatida qaraladi — bu u dardmand va bemor kishilarning injiqligi va betoqatligiga qaramay bemorlarning orom topishi, umidi, sog‘ayishi va shifo topishiga, natijada esa ilohiy rahmat nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan paytdir. Albatta, hamshiralarning bemorlarni davolashdagi roli shifokorlardan farqli o‘laroq uzoq muddatli, izchil va sabrli ishtirokni talab qiladi. Bunday ishtirokning ta’siri jismoniy masalalardan oshib ketadi, ko‘p hollarda ruhiy va ma’naviy iztiroblarga malham bo‘lib, umidsizlikning g‘olib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tariqa shifokorlarning qo‘lidan kelmaydigan ish ana shu mehribonona rolni ado etish orqali amalga oshadi.
Istikborning qabih tarmog‘i ozod va matonatli millatlarga, ayniqsa Eron millatiga turli zulm va jinoyatlarni yetkazish uchun hech qanday sa’y-harakatdan tiyilmayotgan va jumladan davolash va dori-darmon bilan bog‘liq turli cheklovlar joriy etish orqali buyuk Eron millatiga azob tiqishtirishga intilayotgan bir zamonda hamshiralarga e’tibor berish, hamshiralar jamoasini mustahkamlash, hamshiralarning, ayniqsa o‘zlarini xususiy bo‘lmagan muassasalardagi mehnatga bag‘ishlaganlarning bilimi, mahorati, salohiyati, g‘ayrati, ishtiyoqi va karomatini saqlash va oshirish jamiyatning sog‘lig‘i hamda jismoniy va ruhiy xavfsizligiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari o‘zlarining mas’uliyatli faoliyatlarini davom ettirgan holda bu muhim masalalarni ustuvor deb bilishlari kutiladi.
Men bu ikki munosabat bilan aziz millatni, Islomiy Vatanning vazifashunos va irodali ayollarini va xususan hamshira opa-singillar va aka-ukalarni tabriklayman.
So‘ngida hamshiralar jamoasining mazlum va fidoyi shahidlari, ayniqsa ikkinchi va uchinchi majburiy urushlar hamda 1404-yil dey oyidagi fitnada shahid bo‘lgan hamshiralar uchun Allohdan rahmat so‘rayman va Sarvarimiz (Alloh taolo u zotning sharafli farajini tezlashtirsin)ning duosi bilan Alloh taolo Eron millatiga avvalgidan ham ziyoda izzat va qudrat hamda Zaynab (Allohning salomi unga bo‘lsin) maktabiga ergashishga munosib bo‘lgan barcha narsalarni ato etishini umid qilaman.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
24/mehr/1405