Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

ولاتَحسبَنَّ الّذینَ قُتِلوا فی سبیلِ‌اللهِ اَمواتاً بَل اَحیاءٌ عِندَ رَبِّهِم یُرزَقون
Alloh yo‘lida o‘ldirilganlarni aslo o‘lik deb o‘ylamang! Yo‘q, ular tirikdirlar, Robbilari huzurida rizqlantirilurlar. (Qur’oni karim, Oli Imron surasi, 3:169)

Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi va Rahbarning ushbu kengashdagi vakili janob doktor Ali Larijoniy, uning barkamol o‘g‘li va ayrim hamkasblarining shahodati haqidagi og‘ir xabarni chuqur afsus bilan qabul qildim. U olim, uzoqni ko‘ra biladigan, ziyrak, sadoqatli hamda siyosiy, harbiy, xavfsizlik, madaniy va boshqaruv sohalarida xilma-xil tajribaga ega inson edi. Islom tuzumining turli bo‘g‘inlaridagi qariyb besh o‘n yillik faoliyati uni mumtoz shaxsga aylantirgan edi.

Shubhasiz, bunday shaxsning terror qilinishi uning ahamiyati naqadar katta ekanini va Islom dushmanlarining unga nisbatan adovatini ko‘rsatadi. Islomga qarshi kurashuvchilar bilib qo‘ysinlarki, bu qonlarning Islom tuzumining qudratli daraxti tagiga to‘kilishi uni faqat yanada mustahkamlaydi; va albatta, har bir qonning xunbahosi bor, shahidlarning jinoyatkor qotillari uni tez orada to‘lashlari lozim. Men bu musibat munosabati bilan u muhtaram zotning aziz umr yo‘ldoshi va boshqa farzandlariga, shuningdek, barcha yaqinlariga, xususan janob Oyatulloh Omuliy Larijoniyga samimiy ta’ziya izhor qilaman va Haq taolo جلَّ‌وعلا (U ulug‘ va oliydir) dargohidan bu dunyodan ketganlarning darajalari yuksak bo‘lishini so‘rayman.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy, 26-Esfand, 1404-yil