- Bosh sahifa
- Murojaatlar
- 2026-yil 17-mart
Mustaz’aflar Basiji tashkiloti qo‘mondoni, Qo‘riqchi sardor general-mayor shahid G‘ulomrizo Sulaymoniyning shahodati munosabati bilan murojaat
Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn
بسم الله الرّحمن الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
مِنَ المُؤمِنینَ رِجالٌ صَدَقوا ما عاهَدوا اللهَ علیهِ فَمِنهُم مَن قَضی نَحبَهُ وَ مِنهُم مَن یَنتَظِرُ وَ ما بَدَّلوا تَبدیلاً
Mo‘minlar orasida Allohga bergan ahdlariga sodiq qolgan kishilar bor. Ulardan kimdir o‘z ahdini ado etdi (shahid bo‘ldi), kimdir esa kutmoqda. Ular (ahdlarini) hech ham o‘zgartirmadilar. (Qur’oni karim, Ahzob surasi, 33:23)
Mustaz’aflar Basijining boshlig‘i sardor general-mayor G‘ulomrizo Sulaymoniyning shahodati haqidagi og‘ir xabar chuqur qayg‘u va afsusga sabab bo‘ldi. U zot qadimdan Alloh yo‘lidagi mujohada maydonida faol bo‘lib, bu yo‘lda ko‘plab tajribalar orttirgan edi. Bu mujohid sardorning terror qilinishi Basijning ulkan ahamiyatini va yovuz niyatli, xor dushmanning u bilan yuzma-yuz kelishdan naqadar qattiq qo‘rqishini eslatadi.
Men bu alamli musibat munosabati bilan o‘sha oliymaqom shahidning muhtaram oilasiga, uning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusidagi barcha hamkasblariga va o‘zim ularning eng kichigi bo‘lgan barcha aziz basijilarga ta’ziya izhor qilaman va Alloh taolo u azizga oliy maqom ato etishini umid qilaman.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy, 26-Esfand, 1404-yil