Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم‌ الله‌ الرّحمن ‌الرّحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Eronning g‘ayratli va vafodor millati! Xabardor bo‘lganingizdek, Eron va Amerika prezidentlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu bosqichga yetish yo‘lida mas’ul shaxslar jonkuyarlik va xolis niyat bilan ko‘p sa’y-harakatlar qildilar, albatta, Amerika prezidenti esa ojizlikdan bu ish uchun turli dastaklardan foydalanayotgan edi. Men aslida boshqa fikrda edim, ammo muhtaram prezident Milliy xavfsizlik oliy kengashi raisi sifatida o‘z nomidan va boshqa a’zolar nomidan Eron millati va Qarshilik jabhasi huquqlarini himoya qilish borasida menga bergan majburiyati va uning mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishlarini aniq ta’kidlaganlari sababli bunga ruxsat berdim. Ular, shuningdek, agar Amerika tomoni haddan ortiq talab qo‘ysa, unga bo‘yin egmasliklarini aniq ta’kidladilar. Shu lahzadan boshlab biz, ya’ni sizlar – sarbaland millat va bu arzimas xizmatkor, aytilgan shartlarning bajarilishini kutib turamiz. Ammo ravshanki, kelajakda o‘tkaziladigan yuzma-yuz muzokaralar dushman fikrini qabul qilishni anglatmaydi. Umid qilamizki, sarvarimiz (Alloh taolo uning zuhurini tezlashtirsin)ning xayrli duosi sharafli Eron millatiga turli nusrat va fathlarni olib keladi.

والسّلام علیکم و رحمة الله و برکاته
Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakalari bo‘lsin.
Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
28/xurdod/1405