Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم‌الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

هُوَ أَنشَأَکُم مِنَ الأَرضِ وَاستَعمَرَکُم فیها
«U sizlarni yerdan paydo qildi va sizlarni unda yashatib, obod qildirdi.» (Qur'oni karim, Hud surasi, 11:61)

Qahramon Eron millati bu yilgi Navro'zni qahramonlik va g'ayrat bilan qorishtirdi va 12-Farvardin – Eron Islom Respublikasi kunini nishonlaganidan so'ng Tabiat kunini kutib olmoqda. Endi pastkash va shafqatsiz amerika-sionistik dushman o'z yirtqichligida hech qanday insoniy, axloqiy va hayotiy chegara bilmay, hatto aziz Vatanimizning tabiiy va ekologik muhitiga ham hujum qilib, zarar yetkazayotgan bir paytda, obodonchilikni kengaytirish va Eronning porloq kelajagini qurish yo'lidagi har qanday harakat munosib va zarur ishdir. Ana shunday maqbul ishlardan biri shuki, barcha shahar va qishloqlardagi xalq bir-biriga yordam berib, tegishli idoralar bilan hamkorlik va kelishuv asosida Tabiat kunidan bahor oxirigacha, ayniqsa Farvardin oyi kunlarida mevali daraxtlar ekish va keyinchalik zarur parvarishni amalga oshirishga kirishsin. Bolalarni o'ldiruvchi amerikalik va sionist devsifatlar «Shajarai Tayyiba» maktabining navnihollarini vahshiylarcha shahid qildilar; biroq Eron millati barcha shahidlar, ayniqsa uchinchi tahmiliy urush shahidlari niyatida o'z zamini bo'ylab umid ko'chatini o'tqazadi, toki bu ko'chatlarning har biri kelgusi yillarda pok daraxt va sermeva daraxtga aylansin, inshaalloh.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy, 12-Farvardin, 1405-yil