Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

بسم الله الرحمن الرحیم
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Aziz va mujohid birodarim, «Hizbulloh» Bosh kotibi janob Shayx Na’im Qosim huzuriga «ادام الله عمره وعزّه وعافيته» (Alloh uning umri, izzati va salomatligini bardavom qilsin)

سلام علیکم و رحمة الله و برکاته
Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakalari bo‘lsin.
Islom inqilobining ulug‘ martabali Rahbari shahodati munosabati bilan yo‘llagan ta’ziya maktubingiz hamda «Hizbulloh»dagi livanlik mujohid birodarlarning mehr-muhabbat izhori menga yetib keldi.

Hech shubhasiz, islom olamining eng ashaddiy dushmanlari, ya’ni Amerika va uning mintaqadagi vakil kuchi — qonxo‘r sionist rejimiga qarshi istiqomat, sabot va sabr shahid Imom-yo‘lboshchining eng yorqin xususiyatlaridan biri edi. Bu qarshilik va sabot o‘sha buyuk yo‘lboshchining ko‘p yillik rahbarligi davomida davom etdi va Hoj Qosim Sulaymoniy hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va armiyaning boshqa yuqori martabali qo‘mondonlari kabi qadrli shahidlarni berish bu yo‘lning to‘g‘riligiga eng katta guvohdir.

Shubha yo‘qki, Islomiy qarshilik tarixi mujohada, shijoat va shahodatga intilishga to‘la; Qarshilik qo‘mondonlari hech qanday tahdiddan qo‘rqmay, boshqa mujohidlardan oldin bu yo‘lda o‘z jonlarini fido qildilar. Shahid Shayx Rog‘ib Harb va Sayyid Abbos Musaviydan tortib aziz shahid, Qarshilik shahidlarining sayyidi Sayyid Hasan Nasrulloh va Sayyid Hoshim Safiyuddingacha — barchalari bu yo‘l va uslubning namunalari edilar.

O‘zingiz Livandagi bu muborak Qarshilikning oldingi safida bo‘lgan janobingiz bugun ushbu hassos va tarixiy lahzada bu harakatga rahbarlik qilmoqdasiz. Sizning farosatingiz, zakovatingiz va shijoatingizni bilganim holda, sionist dushmanning rejalarini barbod qilib, ularni tor-mor etishingiz va aziz Livan xalqiga yana bir bor osoyishtalik va iftixor ta’mini totdirishingizga umid qilaman.

Yana bir bor qat’iy ta’kidlaymanki, Eron Islom Respublikasining marhum Imom va shahid yo‘lboshchi yo‘lini davom ettiruvchi sobit siyosati sionist-amerikalik dushmanga qarshi Qarshilikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga asoslanadi.

Hamdardlik izhor etganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, janobingizga va barcha aziz mujohid birodarlarga muvaffaqiyat va sarbalandlik tilayman.

والسلام عليكم ورحمة الله وبركاته
Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakalari bo‘lsin.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
10/farvardin/1405 hijriy-shamsiy, 10/shavvol/1447 hijriy-qamariyga muvofiq