Bu forscha asl matnning tarjimasi. Forscha asl matn

باسمه‌تعالی
U taoloning nomi bilan

Aziz farzandlarimga salom;

Mehrga to‘la maktublaringizni o‘qidim. Sizlar — yosh va g‘ayratli talabalarning cheksiz lutf-u marhamatingizdan minnatdorman va zimmamga haq yuklagan barchangiz uchun alohida duo qilaman.

Sizning hamda bu faqirni o‘z lutf va muhabbatiga sazovor etayotgan ko‘plab yoshlar va talabalarning maktublarida kelajakni bunyod etishga bo‘lgan azm, iroda va mas’uliyat hissi porlab turibdi. Bu mustahkam ahd qimmatli omonat bo‘lib, uning ildizlari Muhammadiy (sollallohu alayhi va olihi va sallam) sof Islom maktabi hamda buyuk Xumayniy va shahid Xomanaiy (Alloh ularning sharafli maqomlarini yuksaltirsin) merosiga borib taqaladi; u bizni bir-birimiz bilan bog‘lab turgan «ahddoshlik» rishtasidir.

Shu maqsad yo‘lida qo‘lingizdan kelganicha o‘zingizni ilm va imon, nafsni poklash, Alloh bilan uns hamda Qur’on va Ahli bayt (alayhimussalom) ma’rifatlarini chuqur anglash quroli bilan qurollantiring va ikki barobar mehnat va tashabbus bilan aziz Eronning kuch-qudratini yanada oshiring, toki mehribon Mavlomiz (Alloh taolo u zotning sharafli farajini tezlashtirsin)ning duosi ila ahddosh lashkarlarning taraqqiyot va islomiy-eroniy tamaddun cho‘qqilari sari yo‘li imkon qadar yaxshiroq va tezroq bosib o‘tilsin, inshaalloh.

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy
6-Obon, 1405-yil